ADIKS Milan 6D massaj kreslosi — zamonaviy dizayn va ilg'or texnologiyalarni o'zida mujassam etgan, butun tana uchun chuqur va aniq massajni ta'minlovchi mukammal dam olish qurilmasi.
Asosiy xususiyatlari:
- Inson qo'li harakatlarini aniq takrorlovchi yumshoq 6D massaj mexanizmi
- Tana shakliga mukammal moslashuvchi uzaytirilgan SL-trek tizimi
- 10-12 ta professional avtomatik massaj dasturlari
- 6 xil massaj usuli (uqalash, taqillatish, poqillatish, shiatsu, ishqalash va manipulyatsiya)
- Yelka, qo'l, boldir va oyoqlar uchun to'liq havo-kompressiyali massaj
- Orqa va oyoq qismlari uchun issiqlik terapiyasi (qizdirish) funksiyasi
- Oyoqlar uchun kompleks massaj: havo bosimi, tebranish (vibratsiya), tovon tagini rolikli uqalash va qo'lda uzaytiriladigan oyoq dastagi
- Maksimal dam olish uchun Nol tortishish (Zero Gravity) va joyni tejovchi (Zero Wall) texnologiyalari
- Bluetooth orqali sevimli musiqangizni tinglash imkoniyati
- Qurilmaning sof vazni: 75 kg (qadoq bilan: 90 kg, o'lchamlari: 125x75x75 sm)
- Quvvat ko'rsatkichlari: 220-240 V, 50/60 Gts